SEO – bu (search engine optimization) qidiruv mexanizmlarini optimallashtirish bo‘lib, maksimal darajada mijozlarni jalb qilish maqsadida sizning saytingizni qidiruv tizimlarining yuqori o‘rinlariga olib chiqishga qaratilgan amaliyotlar jamlanmasi.
Albatta siz ushbu yuqori o’rinlarni egallashni pulga sotib ololmaysiz. Qidiruv tizimi saytingizning sifati va dolzarbligiga ko’ra uni tanlaydi. Sayt egalari esa Google, Yandex kabi qidiruv tizimlari aynan ularning saytlarini yuqori o‘rinlarga ko’tarishi uchun kalit so‘zlar va iboralardan foydalanadilar.
Ammo SEO targ‘iboti ko‘ringani kabi oddiy va oson emas. Saytni optimallashtirish, kalit so‘zlar va iboralarni to‘g‘ri tanlash, sayt havolalarini kerakli joylarda qoldirish kabi vazifalarni aniq va to‘g‘ri bajargandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
Odatda, SEO targ‘ibot uzoq vaqt talab etadi. Bu borada Google reklamaga ham murojaat qilishingiz mumkin.
Xabar.uz 2021
source